14/12/2023

    Joriy yilning 14- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tizimi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Q.Ahmedov va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmurotov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

     Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5850-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084- sonli Farmonlari mazmun-mohiyati, boshqarmada rasmiy hujjatlar bilan ishlovchi soha xodimlari (xodimlar bo‘yicha, ijro tizimi, press-reliz, doklad, rasmiy sayt ma’lumotlarini tayyorlovchilar) davlat tili talablarini to‘liq bajargan holda ish olib borishi shartligi aytib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

    Yig‘ilish davomida tizim xodimlariga kerakli tushunchalar berildi. Yig‘ilish yakunida tizim xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.