Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar–sentabr oylarida respublikada 6 055,9 mln. dona tuxum olingan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,0 %ni tashkil qildi.
Tuxum yetishtirishning yuqori hajmlari 3 545,7 mln. dona yoki umumiy yetishtirish hajmidan 58,6 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilib, aksincha kam hajm 976,4 mln. dona (16,1 %) fermer xoʻjaliklarida kuzatildi.