Sirdaryo viloyatida qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?
2023- yilning yanvar-noyabr oylarida jami 2 181 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 878 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 568 ta
sanoat sohasida – 245 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 94 ta
qurilish sohasida – 91 ta
tashish va saqlash sohasida – 57 ta
axborot va aloqa sohasida – 46 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 16 ta
boshqa sohalarda – 186 ta