Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu roʻyhatdan o‘tgan jamiyatlarning so‘nggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 223 648 ta
2020-yilda – 277 983 ta
2021-yilda – 337 783 ta
2022-yilda – 379 217 ta
2023-yilda – 434 505 ta