Joriy yil 22-30-noyabr kunlari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlarida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” oʻtkaziladi.
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI”da bevosita aholi va tadbirkorlar bilan moloqotlar tashkil etish orqali ularda yuzaga kelgan muammolarni oʻrganish, bartaraf etish va kelgusida oldini olish maqsadida masʼul xodimlar tomonidan qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha tegishli tushuntirishlar va maslahatlar beriladi, muammolarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatiladi.
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI”ga marhamat!