Davlat statistika dasturiga asosan 2023- yilning 4-choragida xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan tanlanma so‘rovnoma o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan 20- noyabr kuni, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tizim xodimlariga boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov boshchiligida masofaviy onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda 2023-yil 4- chorak kuzatuvlarini samarali tashkil etishda shahar va tuman statistika boʻlimi boshliqlari va maʼsul xodimlariga ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar, xususan, planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarni qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.