20/11/2023

       Joriy yilning 17-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari, fuqarolarning burchlari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, Bosh yuriskonsult K.Gaynazarova yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumi natijasida qabul qilinganligi, 6 boʻlim, 27 bob, 155 modda va muqaddimadan iboratligi toʻgʻrisida soʻzladi va inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagʻishlangan Konstitutsiyaning ikkinchi boʻlimi mazmuniga batafsil toʻxtalib oʻtdi.