Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha 2 582,8 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 61,6 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 35,6 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 2,8 %ni tashkil etdi.