Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida 52 819 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 37 624 ta
2020-yilda – 42 610 ta
2021-yilda – 47 635 ta
2022-yilda – 48 647 ta
2023-yilda – 52 819 ta