Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida 45 890,5 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (24,2 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Samarqand viloyatlari 9,3 % va 6,7 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.