Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida qiymati 2 337,2 mln AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich joriy davrda umumiy eksportning 13,2 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (41,4 %), ip kalava (40,4 %) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 582 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 58 ta davlatiga eksport qilingan.