10/11/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga koʻpaygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozogʻiston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.