10/11/2023

      Joriy yilning 10- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 11- sentabrdagi “Oʻzbekiston- 2030” strategiyasi toʻgʻrisidagi PF-158-son Farmonining mazmuni va mohiyati mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

      Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan 5 ta yoʻnalish va 100 banddan iborat “Oʻzbekiston—2030” strategiyasi boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mazkur strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilanganligi hamda bu boʻyicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklanganligi toʻgʻrisida alohida qayd etildi.

      Oʻquv mashgʻuloti jarayonida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan va Statistika agentligi tomonidan yuborilgan targʻibot materiallari (annotatsiya, slayd, infografika)dan keng foydalanildi.