10/11/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 260,4 mln. AQSH dollarini yoki jami importning 70,7 % ni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Sardoba tumanida – 100,0 %, Yangiyer shahrida – 99,6 %, Guliston tumanida – 99,3 %, Oqoltin tumanida – 98,9 %, Sayxunobod tumanida – 98,7 %, hamda Shirin shahrida 98,1 % ni tashkil etdi.