Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 12 851 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 836 tasi qo‘shma va 8 015 tasi xorijiy korxonalardir.
Sohalar kesimida esa ular quyidagicha taqsimlandi:
Savdo sohasida – 4 250 ta
Sanoat sohasida – 3 217 ta
Qurilish sohasida – 894 ta
Axborot va aloqa sohasida – 766 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 479 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 468 ta
Tashish va saqlash sohasida – 425 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 171 ta
Boshqa sohalarda – 2 181 ta