Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 6 030,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 43,0 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 25,8 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 31,2 %ni tashkil etdi.