08/11/2023

   Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 17,3 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,2 % va 7,6 % ko‘rsatkichlar bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo viloyati (2,0 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (2,9 %) to‘g‘ri kelgan.