Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 104 756,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 71,5 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi - 19,1 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 9,4 %ni tashkil etdi.