2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Guliston shahrida jami 820,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 333,7 mlrd. so'm (jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 40,7 %), kiyimlar ishlab chiqarish 110,1 mlrd. so'm (13,4 %), to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 81,3 mlrd. so'm (9,9 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.