Qayd etish kerakki, savdo tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari sonining o‘sish sur’ati 37,3 foizni tashkil etdi.
So‘nggi yillarda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
2019 yilda – 3 226 ta
2020 yilda – 4 557 ta
2021 yilda – 5 322 ta
2022 yilda – 5 276 ta
2023 yilda – 4 430 ta