Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.
Savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 63,3 % ni tashkil etdi. Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 29,3 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 7,4 % ni tashkil qildi.