06/11/2023

      Joriy yilning 6-noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i O. Xazratqulovlar tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi. 

      Shuningdek seminar davomida 2023-yil 4- chorak kuzatuvlarini samarali tashkil etish boʻyicha shahar va tuman statistika boʻlimi boshliqlari va maʼsul xodimlariga kuzatuv soʻrovnomalarini chuqur tahlil qilgan holda toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini taʼminlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.