03/11/2023

      Joriy yilning 3-noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida 11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan, boshqarma Kasaba uyushmasi tomonidan, boshqarma xodimlari oʻrtasida sportning voleybol, shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

      Musobaqalar qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtkazildi. Musobaqa yakunida gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tizimda faol va samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarga ham boshqarma Kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.