03/11/2023

Joriy yilning 2- noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Yaxyayev hamda Investitsiya va qurilish statistika bo‘limi boshlig‘i O. Xazratqulov va Guliston shahar statistika bo‘limi boshlig‘i A. Qurbonov ishtirok etishdi.

Tanlanma kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.