2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo tumanida jami 2 338,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 708,5 mlrd. so'm (jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 30,3 %), boshqa metal bo'lmagan mineral mahsulotlar ishlab chiqarish 486,4 mlrd. so'm (20,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 307,8 mlrd. so'm (13,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.