03/11/2023

2023-yilning 1-oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni  4 430 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 32,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 421 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 221 ta

Sirdaryo tumani – 604 ta

Guliston tumani – 378 ta

Boyovut tumani – 388 ta

Yangiyer shahri – 325 ta

Sardoba tumani – 312 ta

Mirzaobod tumani – 308 ta

Sayxunobod tumani – 294 ta

Oqoltin tumani – 251 ta

Xovos tumani – 223 ta

Shirin shahri – 126 ta