Sirdaryo viloyatida 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 042,1 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 92,2 % ni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilga nisbatan 104,7 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahri (1 120,3 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (632,6 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (294,0 mlrd. so‘m), Mirzaobod (217,7 mlrd. so‘m), Boyovut (138,7 mlrd. so‘m), va Guliston (134,6 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.