03/11/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning oktyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1 % ga oshgan.

2023-yilning oktyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 1 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,7 % ga oshgani kuzatilgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 9 % ga yetdi.

Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 6,2 % ga oʻsgan.