2023– yilning yanvar-sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 4 177,9 mlrd. so‘mni yoki 2022– yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 43,8 % ni tashkil etdi.
Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 54,7 ming t. go‘sht, 283,6 ming t. sut ,141,2 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi va 5,1 t. baliq ovlandi.