26/06/2023

Joriy yilning 26-iyun kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Mirzaobod tumani Yangi O'zbekiston MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan 15/6-xonadonida istiqomat qiluvchi Axmadaliyeva Maxliyo xonadonida respondent bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.