26/06/2023

Joriy yilning 26-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 2023 yil 12 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-845-son Qonuni, 2023 yil 14 iyundagi “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-846-son Qonuni, 2023 yil 17 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-847-son Qonuni va boshqa qonun hujjatlari haqida batafsil gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti jarayonida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob olishdi.