So'nggi yangiliklar

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 90,8 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 168,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Respublikaga 2022-yil oktabr oyida jami 608,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 310,1 ming nafari (51,0 %) ayollar 298,6 ming nafari (49,0 %) erkaklar.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida temir yoʻl transporti orqali 4 284,2 ming tonna neft yuklari joʻnatilgan boʻlib, 2021-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan ushbu koʻrsatkich 8,5 % ga ortgan.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,4 % ni tashkil etib, 77 243,4 mln. so‘mga yetdi va 2021- yilga nisbatan 6,7 % ga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida, tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3730,6 mln. so‘mni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 128,3 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 44,4 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-sentabr oylarida turar joy qurilishida jami 15 340,0 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 104,7 mlrd. so‘m, korxona va tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan 37,1 mlrd. so‘m, aholi mablag‘lari hisobidan 13 412,3 mlrd. so‘m va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan 1785,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan yashach va ovqatlanish bòyicha xizmatlar soxasida korxonalari va tashkilotlari soni 941 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 % ga kamaygan.

2022– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 12,3 ming t. uzum (2021– yilning yanvar-sentabriga nisbatan 7,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 656,2 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,6 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari 222 794 donani tashkil etib, shulardan 94,4 % (210 419 dona) Oʻzbekistonda, 5,6 % esa (12 375 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- noyabr holatiga 4,4 mln. nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari soni 222 794 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 635,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25 048 ta yengil avtomobil import qilgan. 

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra parrandalar savdosi 257,1 mln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 20 273,5 ming AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,9 foizga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 6,1 % ga yetdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 32,9 mlrd. so‘mni, o'sish sur`ati 110,2 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yanvar-sentabr oylarida respublikamizda 83,3 ming tonna baliq ovlangan. 

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.