2023-yil 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 16 686 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 718 taga oshib, o‘sish sur’ati 104,5 foizni tashkil etdi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
2019 yil – 10 608 ta
2020 yil – 13 538 ta
2021 yil – 15 529 ta
2022 yil – 15 968 ta
2023 yil – 16 686 ta