Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarni tashkil etgan.
Shundan, 1–4-sinf oʻquvchilari soni 2,5 mln. nafarni yoki jamiga nisbatan 39,4 % tashkil etgan.
Hududlar boʻyicha 1–4- sinf oʻquvchilari soni:
Qoraqalpogʻiston R. — 144,2 ming nafar
Andijon viloyati — 234,7 ming nafar
Buxoro viloyati — 127,9 ming nafar
Jizzax viloyati — 105,6 ming nafar
Qashqadaryo viloyati — 262,2 ming nafar
Navoiy viloyati — 74,3 ming nafar
Namangan viloyati — 211,9 ming nafar
Samarqand viloyati — 306,8 ming nafar
Surxondaryo viloyati — 216,7 ming nafar
Sirdaryo viloyati — 60,5 ming nafar
Toshkent viloyati — 201,9 ming nafar
Fargʻona viloyati — 273,2 ming nafar
Xorazm viloyati — 138,8 ming nafar
Toshkent shahri — 185,3 ming nafar