So'nggi yangiliklar

2022-yil yakunlariga koʻra, Sirdaryo viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 4 375,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,5 % ga oʻsdi.

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar - 5705,9 mln so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 55,5 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 280,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 318,8 ming tonna uzum eksport qilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 2302 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 558 tasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 24,2 % ) Guliston shahriga, 370 tasi (16,1 %) Sirdaryo tumaniga,199 tasi (8,6 %) Boyovut tumaniga, 198 tasi (8,6 %) Yangiyer shahriga va 195 tasi (8,5 %) Mirzaobod tumaniga to‘gri kelmoqda.

Bundan 60 yil ilgari, ya’ni, 1963-yil 16-fevral kuni Sirdaryo viloyati tashkil topgan.

2022– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 378,8 mingtaga yetdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-fevral holatiga koʻra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 11 879 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida telekommunikatsiya xizmatlari - 270 478 mln so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha jami tugʻilgan chaqaloqlarning 36 695 nafarini (48,2 %) qiz bolalar tashkil etgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 898 nafarga (8,6 %) koʻp.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 5896,5 ming so‘m bo‘lgani holda,

2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 16 686 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 2 362 tani tashkil qildi (ulushi 14,2 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 241,8 tonna yogʻliligi 6 %dan yuqori sut va qaymoq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,0 % ni tashkil etdi. Shundan, dekabr oyida 1 232,4 tonna yogʻliligi 6 %dan yuqori sut va qaymoq ishlab chiqarildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 4,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 49 116 dona gaz plitalarini eksport qilgan.

2023- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami 1603 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ular o‘tgan yilning mos davriga ( 1 571 ta) nisbatan 32 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023- yilning yanvar oyida 12 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.