Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 54,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1668 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning mart oyida xorijiy davlatlardan 882 dona elektromobil import qilgan.
Oʻzbekiston 3 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:
Xitoy – 1444 ta
Gonkong – 183 ta
Germaniya – 27 ta
Koreya – 6 ta
BAA – 5 ta