2023- yil yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 7,1 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 86,8 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 7,7 % ni tashkil etdi.