08/05/2023

Joriy yilning 8-may kuni tizim xodimlari oʻrtasida maʼnaviyat soati tashkil etilib, unda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan sohada faoliyat yuritayotgan S.Ismoilov bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Afgʻoniston urushi jarohatlari haligacha minglab Vatandoshlarimiz qalblarini tirnab kelmoqda. Farzandi Afgʻon zaminidan eson-omon qaytgan ota-ona uchun o‘sha kun haqiqiy bayramga aylanib ketardi. Lekin, bu mash'um urush maydonlarida minglab vatandoshlarimizning jasadlari qolib ketdi deydi urush voqealarini xotirlab S.Ismoilov.

2023-yil 15-fevral Afgʻonistondan sovet qoʻshinlari olib chiqib ketilganiga 43 yil toʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, afgʻon urushida 40-armiya tarkibida jami 820 ming harbiy xizmatchi qatnashgan. MDH davlatlaridan 14 453 kishi halok boʻlgan, 50 ming nafar harbiy nogiron holda uyiga qaytgan, 417 nafar zobit va askar bedarak yoʻqolgan. Oʻzbekistondan hammasi boʻlib, 64 500 askar ishtirok etgan va ulardan 1522 nafari halok boʻlgan.

Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Sirdaryo viloyatida ham afgʻon urushi qatnashchilarining jamiyati faoliyat yuritadi. Davra suhbatida S.Ismoilov unib-oʻsib kelayotgan yoshlar uchun jangchilarning mardligi va jasorati, shijoati, Vatanga boʻlgan mehr-muhabbati, ona tuproqqa boʻlgan sodiqligi hamisha oʻrnak va namuna boʻlib qolishini taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida: Guliston shahridan Afgʻonistonga safarbar etilganlardan 82 nafari mazmunli hayot kechirishmoqda.

Tadbirda yana bir bor Afgʻon urushi qurbonlari xotirasi yodga olindi. Ha, ularning xotirasi abadiydir, ularning qilgan qahramonliklari esa, hech qachon xalqimiz yodidan o‘chmaydi.