So'nggi yangiliklar

Sirdaryo viloyati chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Guliston shahri 37,1 % ulush bilan 1 816,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar hajmi 207 350,2 ming AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 42,6 foizga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 42,7 % ga yetdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 45,7 mlrd. so‘mni, 2021- yilga nisbatan o'sish sur`ati 111,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 657,6 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 %ni tashkil etdi. Shundan 61,7 ming tonna shakar dekabr oyida ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 028,0 tonna tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,7 martani tashkil etdi. Shundan 85,3 tonna tvorog dekabr oyida ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 15,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 63,6 ming tonna mandarin import qilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 58,6 mlrd. so‘m (ulushi 0,4 % va o‘sish sur’ati 204,1 %) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

Tuman va shaharlar kesimida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Guliston shahri - 853,4 mlrd. so‘m (yoki, viloyatda jami bajarilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi 25,9 %), undan keyin mos ravishda Mirzaobod tumani - 784,8 mlrd. so‘m (yoki 23,9 %), Sirdaryo tumani - 515,8 mlrd. so‘m (yoki 15,7 %), Yangiyer shahri – 215,2 mlrd so‘m (yoki 6,5 %), Shirin shahri – 214,3 mlrd so‘m (yoki 6,5 %) dan qurilish ishlari bajarilganligi qayd etildi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi  0,7 % ni, fizik hajm indeksi 57,6 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 50,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi”ga bagʻishlangan navbatdagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan, Guliston shahar 2-umumta`lim maktabi o‘qituvchi va o‘quchilariga “Aholini ro'yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish” bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari va tashkilotlari soni 1 655 tani tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga oshdi. Jumladan kichik qurilish korxonalari 1650 tani, 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga oshdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalari soni 194 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020  o‘quv yili boshiga nisbatan 103 taga oshganini ko‘rish mumkin. Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 45,9 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020  o‘quv yili boshiga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘paygan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 1 922,2 mlrd. so‘m (ulushi 15,3 % va 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 93,3 %) ni tashkil etdi.

2022-yil 1-yanvar xolatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholisining umr ko‘rish davomiyligi 72.0 yoshni tashkil qilmoqda. Shundan;

2022– yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 14,4 ming t. uzum (2021– yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 241 144,2 mln. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 14,5 % ga ko‘paydi. Shu jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 431 491,8 mln. so‘mni (142,5 % ni ) tashkil etdi.