So'nggi yangiliklar

2023- yil yanvar - fevral oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi eng katta ulushni Guliston shahri tashkil etdi – 41,7 % (2022- yilning yanvar - fevral oylarida – 46,3 %).Xizmat ko‘rsatish sohasining eng past ko‘rsatkichlari Shirin shahrida – 1,4 (2022- yilning yanvar - fevral oylarida – 1,4 %) qayd etildi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida yashash xizmatlari hajmi 288,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Yashash xizmatlarining barcha turlari orasida mehmonxona xizmatlari eng koʻp talabga ega. Ushbu xizmat turining yashash xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 85,8 foizni yoki 247,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyati 95 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.Yetti yirik hamkor davlatlar (Germaniya, Rossiya, XXR, Qozogʻiston, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi va Niderlandiya) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 385,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,5 % ga oshgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatida jami9 529 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan qurilish sohasidagi korxonalar soni 1 291 ta bo‘lib, so’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

2022-yil yakunlariga koʻra, Sirdaryo viloyatida tashish va saqlash boʻyicha xizmatlar sohasida 386,7 mlrd. soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yaratilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 5,2 % ga yuqoridir.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida 3 987 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. Sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalarning yillar kesimidagi soni:

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 663 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 734,2 ming soʻmga yetdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatining 2023-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (18,4 %), Pokiston (30,6 %), Qozog‘iston (26,5 %), hamda XXR (16,3 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 588 tani tashkil etib, 84,4 foizini (11 466 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023- yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 23 891 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so‘nggi yillarning mos davriga dinamikasi quyidagicha:

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 93,9 % ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 3,9 % oraligʻida qayd etildi. Moliyaviy va sugʻurtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 2,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash   boʻyicha xizmatlarning ulushi 85,0 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 15,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 652 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 12,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 623 taga to‘gri keldi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan paypoq eksport qilgan.