So'nggi yangiliklar
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 10- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika xodimlariga korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasini yuritilishi tartibi tanishtirilib, tushuntirib berildi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 10- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun, 1-hudud shakli “Tuman va shaharlarning ma’muriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida” gi yillik hisobot shaklini qanday toʻldirilishi hamda oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 187 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar - oktabr oyida bu sohada 20 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yil 1- noyabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 656 tani tashkil qildi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Ma’lumot uchun: Viloyat importi tarkibida eng yuqori ulushni Sirdaryo tumani 41,5 % bilan 127,4 mln AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Shirin shahri 0,3 % bilan 0,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Ma’lumot uchun: ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Yangiyer shahri (hududdagi qurilish ishlarining 94,9 %), Sardoba tumani (85,9 %) va Guliston shahriga (85,8 %) to‘g‘ri keldi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-oktabr oylarida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6663,7 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 117,3 %) ni tashkil etdi.
11/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yil 10-dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishdan tashqari vaqtlarida unumli foydalanish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatiriga tashrish buyurishdi. Unda insoniylik tuygʻularini ulugʻlovchi, milliylikni va oʻzlikni anglash kabi gʻoyalari bilan tomoshabinlarni oʻyga toldiruvchi “Inson oʻzing” nomli spektakl namoishi boʻlib oʻtdi.
Viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtmoqda.
62-sahifa 552 dan