26/05/2023

Joriy yilning 26-may kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma, tuman va shahar xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13- dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 6-yanvardagi 01/2-20-12/3-144-sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev raisligida masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.

K.Gaynazarova O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston  Respublikasining 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-son Qonuni, 2023-yil 10-maydagi “O‘zbekiston  Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-841-son Qonuni, 2023-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-842-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni, 2023-yil 8-maydagi “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi PF-68-son Farmoni va boshqa qonun xujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini eshitildi va xodimlar tomonidan berilgan savollarga K.Gaynazarova javob berib o‘tdi.