Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 519,2 million so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 81,9 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 89,5 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Guliston shahri (209,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod (77,4 mlrd. so‘m), Sirdaryo (54,0 mlrd. so‘m), Guliston tumanlari (38,3 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (35,6 mlrd. so‘m), Xovos (30,2 mlrd. so‘m) hamda Boyovut (20,9 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.