Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 225,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 52,9 % Toshkent shahrining hissasiga toʻgʻri kelmoqda.