Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,7 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 mln AQSH dollariga oshgan.
2023-yilning 3 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 2,4 mln juft
Qirgʻiz R. – 2 mln juft
Tojikiston – 1 mln juft
Rossiya – 135 ming juft