Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 75 578 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 15,6 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan 74 713 tasi kichik biznes subyektlaridir.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahrida – 12 091 ta
Farg‘ona viloyatida – 8 385 ta
Toshkent viloyatida – 7 661 ta
Samarqand viloyatida – 6 669 ta
Andijon viloyatida – 6 605 ta
Namangan viloyatida – 5 789 ta
Qashqadaryo viloyatida – 4 942 ta
Buxoro viloyatida – 4 261 ta
Xorazm viloyatida – 4 092 ta
Surxondaryo viloyada – 3 627 ta
Navoiy viloyatida – 3 506 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 333 ta
Jizzax viloyatida – 2 965 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 652 ta