Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 1 097,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 102,3 %ga yetdi. Umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 1,8 foizni tashkil etdi.