Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 9,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6,7 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga oshgan.
2 oyda Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:
Xitoy – 5 ming tonna
Eron – 568,7 tonna
Keniya – 490 tonna
Hindiston – 221 tonna
BAA – 107,5 tonna
Rossiya – 90 tonna
Shri-Lanka – 78 tonna