Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 77 954 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,0 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 77 068 tadir.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahrida – 12 267 ta
Farg‘ona viloyatida – 8 083 ta
Andijon viloyatida – 7 634 ta
Toshkent viloyatida – 7 621 ta
Samarqand viloyatida – 6 884 ta
Namangan viloyatida – 6 378 ta
Qashqadaryo viloyatida – 4 977 ta
Buxoro viloyatida – 4 681 ta
Xorazm viloyatida – 4 126 ta
Surxondaryo viloyada – 3 820 ta
Navoiy viloyatida – 3 608 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 222 ta
Jizzax viloyatida – 2 993 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 660 ta