14/03/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda turar-joy qurilishida jami 20,1 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Turar-joylar qurilishida oʻzlashtirilgan jami investitsiyalar hajmida:

respublika budjeti mablagʻlari hisobidan – 274,4 mlrd soʻm

korxona va tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan – 67,9 mlrd soʻm

aholi mablagʻlari hisobidan – 17,7 trln soʻm

boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan – 2,1 trln soʻm